"Karma" albomi 2001 - yilning 2 - avgustida faqat Turkiyada chiqarilgan. "Karma" albomi Tarkanning ko'rinishidagi o'zgarishlar va uning musiqiy mahoratini yanada rivojlangani bilan muxlislarining yodida qolgan. Albomdagi qo'shiqlar har xil janrda kuylangan. Ularning ko'pchiligi blyuz janriga aloqador. Bu albom Sezen Aksu bilan emas, balki Nazan Oncel bilan chiqarilgan.