"Dudu" albomi "HITT Music" tomonidan 2003 - yilning 30 - iyunida chiqarilgan va bu Tarkan o'zining nomi, "HITT Music" bilan chiqargan birinchi albomi hisoblanadi. Albom Turkiyaning o'zida milliondan ortiq nusxada sotilgan. Albomdagi "Dudu" qo'shig'i Rossiyada "Yil Qo'shig'i" nominatsiyasini oldi. Bu albomni u Nazan Oncel bilan birgalikda yaratgan."Dudu" albomidagi qo'shiqlar va musiqalar yangicha qarashlar bilan yaratilgan. Undagi qo'shiqlar asosan turk milliy musiqasiga yaqinroq. Albom 5 ta qo'shiq va ularga yaratilgan 5 ta remixlardan iborat.