"Come Closer" ya'ni "Yaqinroq Kel" Tarkanning birinchi inglizcha albomi bo'lib, debyut bo'lishiga qaramay bu albomdagi qo'shiqlar ham juda chiroyli kuylangan. U "Universal Records" tomonidan 2006 - yilning 7 - aprelida Yevropa va O'rta Osiyoda chiqarilgan. Ayniqsa, ma'yus bo'lgan Come Closer bilan Over qo'shiqlari juda zo'r chiqqan. Bu albomda Tarkanning o'z vaqtidagi shedevri bo'lgan "Sikidim" qo'shig'ini inglizcha versiyasi ham bor. Xullas, albomga "gap yo'q"
Albom haqida fikr - mulohazalar.
Сообщений 1 страница 3 из 3
Поделиться22008-04-23 16:17:06
Ha to'g'ri albomga gap yo'q. Lekin afsuski bu albom Tarkan xohlaganidek muvaffaqiyatga erisholmadi. Shuning uchun Tarkan "Come Closer Re -Release" chiqarish niyatida. U nima qilib bo'lsa ham o'z niyatiga yetadi. Shu hislati borligi uchun ham uning muxlislari ko'p. "Come Closer Re - Release"ga yangi duetlar va yangi qo'shiqlar ham qo'shiladi.
Поделиться32008-07-12 23:07:10
"Come Closer" ingliz tilidan tashkil topgan qo'shiqlar. Garchi Tarkan turk millatiga mansub bo'lsa-da u ingliz tilidagi qo'shiqlarini maromga yetkazib kuylagan. Buning sababi Tarkanning AQSH da uzoq vaqt yashaganligidadir. Bu albomdan manga ko'proq "Bounce" qo'shig'i manzur keldi. Bu klipda Tarkan diskotekada ko'plab odamlar orasida qo'shig'ini kuylagan.
Похожие темы
Albom haqida fikr - mulohazalar | Yine Sensiz | 2008-07-24 |
Albom haqida fikr - mulohazalar. | Metamorfoz | 2008-04-23 |
Albom haqida fikr - mulohazalar | Tarkan | 2008-07-24 |
Albom haqida fikr - mulohazalar | Dudu | 2008-07-24 |
Albom haqida fikr - mulohazalar | A - Acayipsin | 2008-07-24 |